» » O‘tgan bir sutka ichida Xitoyda 11 kishi koronavirus yuqtirib oldi

O‘tgan bir sutka ichida Xitoyda 11 kishi koronavirus yuqtirib oldi


Xitoyda so‘nggi bir sutka ichida 11 kishi yangi turdagi COVID-19 koronavirusini yuqtirib oldi. Butun mamlakat bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 80 824 kishiga yetgan. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi xabar berdi.

Infeksiya tarqalgan 2019-yilning dekabridan buyon Xitoyda 3189 kishi koronavirus oqibatida vafot etdi. 13-mart kuni ularning soni 13 nafarni tashkil etgan, 1430 kishi esa davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 140 mingdan oshib ketdi. Virusni yuqtirib olish bo‘yicha Xitoydan keyingi o‘rinda Italiya (17 mingdan ortiq bemor) turibdi. Eronda koronavirus bilan kasallanganlar soni 11 mingdan oshgan, Janubiy Koreyada esa 7,9 ming kishini tashkil etmoqda.

12-mart kuni Xitoy hukumati koronavirus infeksiyasining tarqalishining eng yuqori cho‘qqisi ortda qolganini ma’lum qilgan. Mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlarning salkam 78 foizi sog‘ayib ketgan.

Mavzuga doir: 

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov O‘zbekistonda koronavirusni yashirish imkonsizligini, agar kasallik mamlakat hududida qayd etiladigan bo‘lsa, unga qarshi kurash uchun dori vositalarining zaxirasi, shuningdek, profilaktika bo‘yicha imkoniyatlar yetarli ekanini aytgandi. Shuningdek, vazirlik spirtli ichimliklar ichishga undovchi SMSlarni yubormaganini, alkogol mahsulotlari koronavirusdan himoya qilmasligini ta’kidlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 59) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют