» » Chimkentliklar koronavirusga qarshi isiriq sotib olishni boshladi

Chimkentliklar koronavirusga qarshi isiriq sotib olishni boshladi


Chimkentliklar halokatli koronavirusning oldini olish uchun xalq tabobati usullariga murojaat qilmoqda. Tengrinews’ning yozishicha, fuqarolar antiseptik xususiyatlari bilan mashhur isiriqni birin-ketin sotib olishmoqda.

Ayrim bozorlarda isiriqning hammasi sotilib ketgan, shunga qaramay uni hali ham topish mumkin. Sotuvchilarning aytishicha, bozorlarda isiriq olishda hech qanday hovliqishlar yo‘q, lekin unga bo‘lgan talab ortib bormoqda.

“Kecha yaxshi savdo bo‘lgandi. Isiriq virusga qarshi yaxshi ish beradi. Unaqa ko‘p ham kerak emas, ozgina yetadi”, — deydi sotuvchilardan biri.

Xabarda aytilishicha, Chimkentdagi dorixonalarda tibbiy niqoblar yo‘q. Mutaxassislar u koronavirusdan himoya qilmaydi, deb aytmoqda. Tez orada doka niqoblar sotuvga chiqariladi, ular allaqachon buyurtma qilingan. Dorixonachilarning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda qo‘l uchun antiseptik vositalarga talab oshgan. Ular allaqachon sotilib ketgan.

Mavzuga doir: Turkmaniston prezidenti koronavirusdan isiriq yordamida himoyalanishga chaqirdi

Qayd etilishicha, ayni paytda Qozog‘istonda koronavirusga chalinishning 4 ta holati tasdiqlangan. Dastlabki ikki holat Germaniyadan qaytgan qozog‘istonliklarda aniqlangan. Ulardan biri 9-mart kuni kelgan bo‘lib, u bilan birga samolyotda uchgan 73 nafar yo‘lovchi topilib, karantinga joylashtiriladi. Ikkinchi kasallangan shaxs esa 12-mart kuni kelgan U bilan birga bo‘lgan 12 nafar fuqaro, shu jumladan, ekipaj a’zolari ham darhol Olmaotadagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan.

Keyinroq koronavirusga chalinishning uchinchi holati aniqlangan — Nur-sulton shahridan bo‘lgan ayol Milandan qaytgan. Shundan keyin mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Dias Ahmadsharif kasallanishning to‘rtinchi holatini ma’lum qilgan.

Avvalroq Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mard To‘qayev maxsus profilaktika choralari oshirilishini e’lon qilib, ommaviy tadbirlarni bekor qilgandi. Maktab o‘quvchilari esa muddatidan avval ta’tilga chiqadigan bo‘ldi. Shuningdek, davlat organlariga xorij xizmat safariga chiqish taqiqlandi.

Mavzuga doir: Xitoy TIV vakili koronavirusni Uxanga amerikalik harbiylar olib kelganini taxmin qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют