» » Saida Mirziyoyeva jonivorlarga g‘amxo‘rlik qilishda yordam so‘ragan faol ayollar bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva jonivorlarga g‘amxo‘rlik qilishda yordam so‘ragan faol ayollar bilan uchrashdi


Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva faol ayollar bilan atrof-muhitga shafqatsiz munosabat masalasini muhokama qildi. Bu haqda u o‘zining Telegram’dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Bir guruh faol ayollar ijtimoiy tarmoqlarda jamiyatning atrof-muhitga shafqatsiz munosabati masalasini ko‘tarib, uni oldini olish yuzasidan mavjud takliflarini men bilan muhokama qilmoqchi ekanliklarini bildirgan edilar.

Kuni kecha biz ular bilan uchrashdik. Ishni qanday tashkil qilish mumkinligini kelishib oldik. Umid qilamanki, biz jamoatchilik ko‘magi bilan mavjud muammolarga qarshi birgalikda kurashamiz va ularni bartaraf etamiz”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, bir guruh faol ayollar himoyasiz jonivorlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishda yordam so‘rab Saida Mirziyoyevaga videomurojaat yo‘llangan edi. U videomurojaatga javob qaytarib,  ushbu faollarning fikrini qo‘llab-quvvatlashini, ularning muammosini tinglashga hamda jonivorlarga nisbatan rahmsiz munosabatga yo‘l qo‘ymaslik uchun yordam berishga tayyorligini bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют