» » Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni olti nafarga yetdi

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni olti nafarga yetdi


Qozog‘istonda koronavirus kasalligini yuqtirib olish bilan bog‘liq yana ikkita holat qayd etildi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy vakili Dias Ahmetsharip ma’lum qildi.

Koronavirus aniqlangan yangi ikki bemordan biri Olmaotada, u 10-mart kuni Moskvadan uchib kelgan, xususiy tadbirkor. Shuningdek, Polshadan Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultonga uchib kelgan ayol ayolda ham koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Tengrinews’ning yozishicha, hozirda Qozog‘istonda koronavirus yuqtirib olganlar soni olti nafar. 1090 kishi kasalxonaga yotqizilgan, 452 kishi uy karantinida.

Avvalroq, 13-mart kuni Germaniyadan uchib kelgan ikki qozog‘istonlikda virus aniqlangani ma’lum qilingan edi. Ulardan biri (1974-yilda tug‘ilgan erkak) 9-mart kuni, ikkinchisi (1984-yilda tug‘ilgan ayol) 12-mart kuni Qozog‘istonga kelgan.

Shuningdek, 12-mart kuni Moskva orqali Italiyaning Milan shahridan Nur-Sultonga qaytgan ayolda hamda 13-mart kuni Germaniyadan Olmaotaga uchib kelgan 1976-yilda tug‘ilgan erkakda ham koronavirus aniqlangani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют