» » Qirg‘izistonda 16-martdan boshlab barcha maktablar va oliy ta’lim muassasalari karantinga yopiladi

Qirg‘izistonda 16-martdan boshlab barcha maktablar va oliy ta’lim muassasalari karantinga yopiladi


Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi 16-martdan boshlab mamlakatdagi barcha maktablar va oliy ta’lim muassasalarini uch haftalik karantinga yopish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, prezident So‘ronboy Jeenbekov 14-mart kuni bir qator davlat organlari rahbarlari va hukumatning hududlardagi vakillari ishtirokida Xavfsizlik kengashining tor doiradagi yig‘ilishini o‘tkazgan.

Prezident So‘ronboy Jeenbekov mamlakat aholisining salomatligi — birinchi galdagi masala ekanini ta’kidlab o‘tgan. U Qirg‘izistondagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat uning shaxsiy nazoratida ekani, turli davlat organlaridan har soat axborot kelib turganini bildirgan.

O‘z navbatida, Qirg‘iziston Fan va ta’lim vazirligi mamlakatda maktabgacha ta’lim muassasalari (bolalar bog‘chalari)ni yopish bo‘yicha qaror yo‘qligini ma’lum qildi. “Hozircha ularni karantinga olish bo‘yicha ko‘rsatma bo‘lgani yo‘q”, — deya ma’lum qildi vazirlik matbuot xizmati.

Ma’lumot uchun, Qirg‘izistonda shu kungacha koronavirus bilan kasallanish holati qayd etilmagan. Mintaqa davlatlari orasida hozirgacha bunday holat faqat Qozog‘istonda aniqlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют