» » Superliga. “Qo‘qon-1912” o‘z uyida “So‘g‘diyona”ni taslim etdi, “Qizilqum” Muborakda durang o‘ynadi

Superliga. “Qo‘qon-1912” o‘z uyida “So‘g‘diyona”ni taslim etdi, “Qizilqum” Muborakda durang o‘ynadi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 3-turidan o‘rin olgan ikkita o‘yin 14-mart, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Qo‘qon-1912” jamoasi o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ni qabul qildi. Uchrashuvning 17-daqiqasida Sardor Azimov qo‘qonliklarni oldinga olib chiqdi. Tanaffus arafasida Filip Rayevats maydon egalarining ikkinchi golini urdi.

58-daqiqada mehmonlar penaltidan hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq 72-daqiqada “So‘g‘diyona” futbolchilari bir kishi kam bo‘lib qoldi: Shavkat Mullajonov raqibga nisbatan o‘ta qo‘pol harakati uchun chetaltildi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi va Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari mavsumdagi ikkinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Jizzax klubi esa g‘alabasiz seriyasini davom ettirdi.

Parallel kechgan bahsda “Mash’al” Muborakda “Qizilqum”ni qabul qildi. Uchrashuvda har ikki jamoa vakillari bir martadan raqib darvozasini ishg‘ol qildi: Sunnatilla Abdullajonov (13) va Mo‘min Meliyev (23).

Shu tariqa “Mash’al” ochkolarini 4 taga yetkazib olgan bo‘lsa, Navoiy klubi (1) mavsumdagi ilk ochkosiga ega chiqdi.

Superliga

3-tur bahslari

14-mart, shanba

Gollar: 1:0 — 17 Azimov, 2:0 — 45+3 Rayevats, 2:1 — 58, penalti Norxonov.

“Qo‘qon-1912”: Botirali Ergashev, Bobir Akbarov, Shoxnazar Norbekov (Iqbol Malikjonov, 68), Suhrob Berdiyev, Quvondiq Ro‘ziyev, Sardor Azimov (Hamidullo Abduhamidov, 88), Oybek Rustamov, Aleksandr Merzlyakov, Ivan Yosovich, Filip Rayevats (Yakuba Bamba, 75), Murod Xolmuhammedov.

“So‘g‘diyona”: Milan Mitrovich, Iskandar Shoyqulov, Elyor Orifov, Sanjar Rashidov (Sardor Qulmatov, 46), Jamshid Boltaboyev (Javohir Qahramonov, 46), Shohruz Norxonov, Jasur Hasanov (Sahob Rashidov, 68), San’at Shixov, Ivan Nagayev, Shavkat Mullajonov, Marko Kolakovich.

Ogohlantirishlar: Boltaboyev (13), Rashidov (32), Kolakovich (55), Shoyqulov (65), Mitrovich (90).

Chetlatish: Mullajonov (72).

Gollar: 0:1 — 13 Abdullajonov, 1:1 — 23 Meliyev.

“Mash’al”:  Rahimjon Davronov, Najmiddin Normurodov, Sirojiddin Rahmatullayev, Nikita Pavlenko (Jahongir Abdusalomov, 83), Sherzod Temirov, Mo‘min Meliyev, Ella Ken Arman (Didar Durdiyev, 73), Jamoliddin Ubaydulloyev, Abbos Shodmonov, Sirojiddin Qo‘ziyev (Eldor Boymatov, 86), Samandar Shukurillayev.

“Qizilqum”: Artyom Makosin, Ilhom Alijonov, Abdi Bashimov, Vezirgeldi Ilyasov, Ruslan Margiyev (Mirjalol Qosimov, 82), Alisher Sanoyev, Salim Mustafoyev, Sherali Jo‘rayev, Azizbek Usmonov, Oleg Tolmasov, Sunnatilla Abdullajonov (Qadamboy Nurmetov, 72).

Ogohlantirishlar: Mustafoyev (39), Meliyev (63).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют