» » Moskvada koronovirus sababli 16-martdan boshlab o‘quvchilarning maktabga borishi ixtiyoriy etib belgilandi

Moskvada koronovirus sababli 16-martdan boshlab o‘quvchilarning maktabga borishi ixtiyoriy etib belgilandi


Moskva meri Sergey Sobyanin koronavirus tarqalishiga qarshi kurash choralari doirasida o‘quvchilar ota-onalarining ixtiyoriga ko‘ra 16-martdan boshlab poytaxtdagi maktablarga kelish-kelmaslikni erkin hal qilish imkonini beruvchi qarorni imzoladi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

“Dushanbadan boshlab maktabga qatnash ixtiyoriy etib belgilanadi. Farzandi maktabga borishda davom etadimi yoki uyda qoladimi — ota-onalarning o‘zi hal qiladi. Bu borada qanday yo‘l tutishni ular yaxshiroq biladi”, — degan Moskva meri.

Buning uchun maktab ma’muriyati masofadan turib ta’lim olishga sharoit yaratishi lozimligini ta’kidlagan. Maktabga qatnaydigan o‘quvchilarga esa dars jarayoni odatdagidek davom etadi.

Shuningdek, koronavirus tarqalgan davlatlardan kelgan o‘quvchilar kattalarga qanday tartibda bo‘lsa xuddi shunday karantinda saqlanishini aytib o‘tgan.

Rossiyada 13-mart holatiga ko‘ra, 45 kishida koronavirus aniqlangan, ularning 42 nafari rossiyalik, ikki nafari xitoylik va bir nafari Italiya fuqarosi hisoblanadi. Avvalroq Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi sakkiz kishi, shu jumladan, barcha xorijliklar sog‘aygani va kasalxonadan chiqarilganini ma’lum qilgan.

Avvalroq koronavirus sabab Turkiyada koronavirus tufayli barcha ta’lim muassasalari yopilgani, Qozog‘istonda maktab o‘quvchilari ta’tilga ertaroq chiqadigan bo‘lgani,  Emmanuel Makron Fransiyadagi barcha ta’lim muassasalarini yopish bo‘yicha topshiriq bergani xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют