» » Krishtianu Ronalduning dubli “Qirollik klubi”ga “Bavariya” ustidan g‘alaba taqdim etdi

Krishtianu Ronalduning dubli “Qirollik klubi”ga “Bavariya” ustidan g‘alaba taqdim etdi


Madridning “Real” klubi Chempionlar ligasining yarim finali sari birinchi qadamni tashladi. Myunxenda “Bavariya” mehmoni bo‘lgan Zidan jamoasi irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Birinchi bo‘limda mezbonlar oldinga chiqib olishni uddaladi. Taym yakunida Vidalning o‘zi penaltidan aniq foydalana olmadi.

Ikkinchi bo‘limda esa Karlo Anchelotti jamoasi Krishtianu Ronaldudan ikkita gol qabul qilib oldi — 1:2. 61-daqiqada italiyalik Nikola Ritssoli “Bavariya” futbolchisini maydondan chetlatdi.

Ma’lumot uchun, Xosep Gvardiola murabbiyligida “Bavariya” Chempionlar ligasining yarim finaliga qadar yetib borardi. Anchelotti jamoasi esa chorak finalda qolib ketishga yaqin.

“Real” Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi hisoblanadi. Musobaqa tarixida hali hech bir klub ketma-ket ikki bor zafar quchishni uddalay olmagan. “Real”da buning uchun imkoniyat bor.

Yevropa Chempionlar ligasi
Chorak final
12-aprel, chorshanba

Gollar: Arturo Vidal, 25 (1:0). Krishtianu Ronaldu, 47 (1:1). Krishtianu Ronaldu, 77 (1:2).
Noaniq penalti: Arturo Vidal, 45+1 (B).
Chetlatish: Xavi Martines, 61 (B).

Опубликовано: admin (13-04-2017, 06:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют