» » Superliga. “Paxtakor” 5 ta gol urilgan bahsda “Metallurg”ni yirik hisobda yengdi

Superliga. “Paxtakor” 5 ta gol urilgan bahsda “Metallurg”ni yirik hisobda yengdi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 3-turida “Paxtakor” 14-mart, shanba kuni “Metallurg” bilan bahs yuritdi.

Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda Shota Arveladze shogirdlarining qo‘li baland keldi. Uchrashuvning 30-daqiqasida Dragan Cheran “sherlar”ning dastlabki golini urdi. Oradan bir daqiqa o‘tib Igor Sergeyev hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.

Ikkinchi bo‘limda tomoshabinlar yana uchta golga guvoh bo‘ldi. “Paxtakor” safida Jaloliddin Masharipov (53) va Eren Derdiyok (72) o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, mehmonlarning yagona javob to‘piga Murod Bobojonov (69) muallif bo‘ldi.

Shu tariqa “Paxtakor” ochkolarini 9 taga yetkazib olgan holda birinchi o‘rinda bormoqda. “Metallurg” (4) esa mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

Superliga

3-tur bahslari

14-mart, shanba

Gollar: 1:0 — 30 Cheran, 2:0 — 31 Sergeyev, 3:0 — 53 Masharipov, 3:1 — 69 Bobojonov, 4:1 — 72 Derdiyok

“Paxtakor”: Eldor Suyunov, Hojiakbar Alijonov, Anzur Ismoilov, Yegor Krimets, Farruh Sayfiyev, Abror Ismoilov, Odil Hamrobekov, Dostonbek Hamdamov (Asad Sobirjonov, 79), Dragan Cheran (Sardor Sobirxo‘jayev, 84), Jaloliddin Masharipov, Igor Sergeyev (Eren Derdiyok, 62).

“Metallurg”: Aleksandr Lobanov, Abbos Otaxonov, Doniyor Narzullayev, Salamat Qutiboyev (Yevgeniy Chumak, 52), Shahzod Ubaydullayev, Abror Toshqo‘ziyev (Murod Bobojonov, 46), Kamoliddin Tojiyev, Ixtiyor Toshpo‘latov, Stanislav Andreyev, Akbar Ismatullayev, Muhammad Isayev (Abdurahmon Abdulhaqov, 73).

Ogohlantirishlar: Tojiyev (40), Narzullayev (58).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 36) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют