» » Navoiy IES uchinchi bug‘-gaz qurilmasini qurish uchun Yaponiyadan 1 mlrd dollardan ortiq qarz olinadi

Navoiy IES uchinchi bug‘-gaz qurilmasini qurish uchun Yaponiyadan 1 mlrd dollardan ortiq qarz olinadi


Vazirlar Mahkamasining “Navoiy issiqlik elektr stansiyasida 650 MVt quvvatli uchinchi bug‘-gaz qurilmasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 17—20-dekabr kunlari Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasida “Navoiy issiqlik elektr stansiyasida 650 MVt quvvatli uchinchi bug‘-gaz qurilmasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun O‘zbekiston hukumati bilan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) o‘rtasida 10 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan, 30 yil muddatda qaytarish sharti bilan, 128 milliard 246 million yapon iyenasi (1 milliard 188 million 178 ming 157 dollar) miqdorida qarz bitimi imzolangan.

“O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyati JICA tomonidan ajratilgan qarzdan foydalanish uchun MUFG Bank, Ltd (Yaponiya) banki bilan banklararo bitim tuzadi.

Loyihani amalga oshirish muddati 5 yil (2020—2024-yillar) etib belgilangan bo‘lib, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ loyihaning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish yuzasidan mas’ul ijro etuvchi hisoblanadi.

“Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyati JICA tomonidan ajratilgan qarz mablag‘laridan maqsadli hamda samarali foydalanilishi yuzasidan mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi.

JICAning qarzini qaytarish, shu jumladan, foizlarni to‘lash, komissiya to‘lovlari va boshqa xarajatlar bilan bog‘liq to‘lovlar “Navoiy IES” AJ mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Prezident qaroriga muvofiq, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish doirasida soliq va bojxona imtiyozlari taqdim qilinadi.

Avvalroq O‘zbekiston va Tojikiston Zarafshon daryosida GES qurishni muhokama qilayotgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют