» » Uzbekistan Airways aviakompaniyasi o‘nlab shaharlarga parvozlarni bekor qildi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi o‘nlab shaharlarga parvozlarni bekor qildi


Uzbekistan Airways aviakompaniyasi qator mamlakatlarga parvozlarini ikki oy muddatga bekor qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Milliy aviakompaniya jahondagi epidemiologik vaziyat, hukumat darajasida qo‘yilayotgan cheklovlar, havo qatnovlariga bo‘lgan talabning keskin kamayishi munosabati bilan mart—aprel oylaridagi parvozlar jadvaliga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritishga majbur bo‘lganini ma’lum qilgan.

O‘zgartirishlar London, Parij, Amritsar, Deli, Mumbay, Jakarta, Kuala-Lumpur, Bangkok va Tel-Aviv shaharlarga bo‘lgan qatnovlarga tegishli.

Milliy aviakompaniya yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha bekor qilingan qatnovlarning yo‘lovchilariga aviachiptalarni qaytarish yoki boshqa sanalarga qayta bronlash qo‘shimcha haq va jarimalarsiz amalga oshirilishi haqida alohida to‘xtalib o‘tgan.

Sayohatni yoki O‘zbekiston Respublikasiga qaytishni rejalashtirish jarayonida sizning aviachiptangizda ko‘rsatilgan qatnovning bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek, borayotgan mamlakatlarga kirish qoidalari va cheklovlari, shu jumladan karantin talablari bilan bizning uzairways.com saytimizda yoki +998781400200 raqami orqali aviakompaniyaning Yagona aloqa markazida va belgilangan mamlakatlarning Tashqi ishlar vazirliklari saytlarida diqqat bilan tanishib chiqishingizni so‘raymiz.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi

Shuningdek, aviakompaniya Yagona aloqa markaziga qilinayotgan qo‘ng‘iroqlar sababli, liniyada bo‘lgan navbatda uzoq kutib qolish ehtimoli haqida ma’lum qilgan.

“Kompaniya liniyada kutish vaqtini qisqartirish va murojaatlaringiz bilan ishlash uchun barcha choralarni ko‘rmoqda. Sizning tushunishingizga umid qilamiz”, – deyiladi xabarda.

Mavzuga doir:Uzbekistan Airways koronavirus ta’siri O‘zbekiston aviatsiyasigacha yetib kelgani haqidagi xabarga izoh berdi

Avvalroq Uzbekistan Airways’ning koronavirus sabab xorij fuqarolariga jarima to‘lovisiz chiptalarni qaytarish imkoniyatini berishi, O‘zbekistonning 14-martdan boshlab Fransiya, Italiya va Britaniya bilan aviaqatnovlarni to‘xtatishi xabar qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2020, 06:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют