» » Madridda “Atletiko”dan yengilgan “Lester” javob o‘yinida “Sevilya” voqeasiga umid qiladi

Madridda “Atletiko”dan yengilgan “Lester” javob o‘yinida “Sevilya” voqeasiga umid qiladi


Angliyaning “Lester” klubi Chempionlar ligasining yarim finaliga yo‘l olish imkoniyatlarini kamaytirdi.

Bu yo‘ldagi ilk uchrashuvni Madridda “Atletiko”ga qarshi o‘tkazgan Kreyg Shekspir jamoasi 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. O‘yindagi yagona gol birinchi bo‘limda penaltidan kiritildi.

Ma’lumot uchun, “Lester” posboni Kasper Shmeyxel nimchorak finalda “Sevilya” futbolchilarining 2 ta penaltisini qaytarishga muvaffaq bo‘lib, jamoasini keyingi bosqichga olib chiqqandi.

“Sevilya”ni o‘z maydonida 2:0 hisobida taslim qilgan APL klubi, “Atletiko”ga qarshi javob o‘yinida ham shundan umid qiladi.

“Lester” Chempionlar ligasida ilk bor ishtirok etayotgan bo‘lsa, “Atletiko” musobaqaning amaldagi finalchisi hisoblanadi.

Yevropa Chempionlar ligasi
Chorak final
12-aprel, chorshanba

Gol: Antuan Grizmann, 28-pen (1:0).

Опубликовано: admin (13-04-2017, 07:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют