» » Dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 156 mingdan oshdi. 5819 kishi vafot etdi

Dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 156 mingdan oshdi. 5819 kishi vafot etdi


15-mart holatiga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 156 mingdan oshdi. Ulardan 72 624 nafari sog‘aydi, 5819 nafari esa vafot etdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

15-mart, yakshanba kuni, soat 6:00 da Respublika Virusologiya instituti laboratoriyasida Fransiyada bo‘lib qaytgan bir nafar O‘zbekiston fuqarosida COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlandi.

Koronavirus bilan kasallangani O‘zbekistonda aniqlangan ilk bemor — ayol kishi, Toshkent shahridan. “Daryo” manbasining ma’lum qilishicha, u Fransiyada bir haftadan ortiq bo‘lib, so‘ng Vatanga qaytgan. Ayol qaytgan reysda, birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, 48 yo‘lovchi, shuningdek, ekipaj a’zolari bo‘lgan. Ularning barchasi izolyatsiyaga olinmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2020, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 41) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют