» » Koronavirus sabab O‘zbekistondagi barcha maktablar, bog‘chalar va OTMlar karantinga yopiladi

Koronavirus sabab O‘zbekistondagi barcha maktablar, bog‘chalar va OTMlar karantinga yopiladi


O‘zbekistonda barcha maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar va oliy ta’lim muassasalari koronavirus tarqalishiga qarshi profilaktika maqsadida 16-martdan e’tiboran karantinga yopiladi.

Bu haqda 15-mart, yakshanba kuni, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokidagi yig‘ilishda ma’lum qilingan. Manbalarning ta’kidlashicha, ta’lim muassasalaridagi karantin uch haftagacha davom etishi mumkin.

Avvalroq, 15-mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlangani, u Toshkentda istiqomat qiluvchi ayol ekani, 11-mart kuni Fransiyadan qaytgani haqida xabar berilgan edi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, bemor ayolning barcha oila a’zolari tibbiy kuzatuvga olingan, shuningdek, u bilan birga bir reysda uchib kelgan 48 yo‘lovchi va 9 nafar ekipaj a’zosi ham nazoratga olinmoqda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirus qayd etilganidan so‘ng Toshkentda niqob taqib yurganlar soni ko‘paydi (fotoreportaj)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют