» » O‘zbekiston koronavirus sabab avia- va avtoqatnovlarni to‘xtatadi. Chet elda qolgan vatandoshlar charter reyslarda qaytarilishi mumkin

O‘zbekiston koronavirus sabab avia- va avtoqatnovlarni to‘xtatadi. Chet elda qolgan vatandoshlar charter reyslarda qaytarilishi mumkin


O‘zbekiston 16-martdan boshlab boshqa davlatlar bilan barcha aviareyslar bekor qilinadi, mamlakatga avtotransportda kirish-chiqish yo‘llari ham yopiladi.

Bu haqda 15-mart, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan maxsus brifingda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Brifingda temiryo‘l qatnovlarini to‘xtatish masalasini hal qilish uchun kun vaqt ajratilgani ma’lum qilindi.

Bu qaror ayni vaqtda Rossiya va boshqa davlatlarda bo‘lib turgan O‘zbekiston poyezdlarining qaytib kelishi bilan bog‘liq ekani ta’kidlandi.

Ayni vaqtda xorijda bo‘lib turgan, biroq Vatanga qaytish istagini bildirgan vatandoshlar charter reyslar bilan O‘zbekistonga qaytarilishi mumkin. Ular O‘zbekistonga qaytgach, ikki hafta karantinda bo‘ladi.

Koronavirus epidemiyasining oldini olish maqsadida oliy ta’lim muassasalarida o‘qish to‘xtatilgani munosabati bilan, viloyatlarda yashaydigan talabalarning uyga qaytish xarajatlari uchun 50 foizgacha chegirma taqdim etiladi.

Bundan tashqari, jamoat transportining shoh bekatlari va temiryo‘l depolarida yo‘lovchi transporti vositalari har to‘rt soatda dezinfeksiya qilinishi lozimligi ham ta’kidlab o‘tildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют