» » Bosh vazir Abdulla Aripov: “Avtomobillar narxi oshishiga qarshi namoyish o‘tkazish haqida xabar tarqatgan yigit hozir yig‘lab o‘tiribdi, hazillashgandim deb”

Bosh vazir Abdulla Aripov: “Avtomobillar narxi oshishiga qarshi namoyish o‘tkazish haqida xabar tarqatgan yigit hozir yig‘lab o‘tiribdi, hazillashgandim deb”


Karantin vaqtida yolg‘on va tekshirilmagan hamda odamlarda vahima yaratadigan xabarlar tarqatadigan shaxslarga nisbatan amaldagi qonunchilik doirasida jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan choralar ko‘riladi.

Bu haqda 15-mart, yakshanba kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokida koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarga bag‘ishlagan brifingda ma’lum qilindi.

“Daryo” muxbirining xabar berishicha, bu masalaga to‘xtalar ekan, bosh vazir ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan avtomobillar narxi oshishiga qarshi norozilik aksiyasi o‘tkazishga chaqiruvlarni eslab o‘tdi.

Bosh vazirning alohida qayd etishicha, norozilik aksiyasini o‘tkazish chaqiruvi bilan tarmoqlarda xabar tarqatgan yigit ushlangan. “Hozir u: hazillashgandim deb, yig‘lab o‘tiribdi”, — dedi Abdulla Aripov.

Hukumat rahbarining alohida qayd etishicha, bu yigitga nisbatan ham qonunda belgilangan chora ko‘riladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют