» » Britaniya Suriyaning Idlib provinsiyasidagi kimyoviy hujum joyida zarin gazini aniqladi

Britaniya Suriyaning Idlib provinsiyasidagi kimyoviy hujum joyida zarin gazini aniqladi


Birlashgan Qirollikning BMTdagi doimiy vakili Metyu Raykroft britaniyalik olimlar Suriyaning Idlib provinsiyasida kimyoviy hujum sodir etilgan joydan to‘plangan namunalarda zarin gazini topganini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

“Shu sababli Birlashgan Qirollik AQShning katta ehtimol bilan aynan Suriya prezidenti Bashar Asad rejimi 4-aprel kuni Xan-Sheyxundagi zarinli hujum uchun javobgarligi to‘g‘risidagi taxminiga qo‘shiladi”, — dedi Raykroft.

Nashr eslatishicha, avvalroq Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Rajab Akdag Idlib provinsiyasida yuz bergani taxmin etilayotgan kimyoviy hujum qurbonlarining tahlili zarin qo‘llanilganini tasdiqlaganini aytgan edi.

Опубликовано: admin (13-04-2017, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют