» » Bosh vazir karantin sharoitida narxlarni sun’iy oshirganlar jinoiy javobgarlikka tortilishini ma’lum qildi

Bosh vazir karantin sharoitida narxlarni sun’iy oshirganlar jinoiy javobgarlikka tortilishini ma’lum qildi


Bosh vazir Abdulla Aripov tomonidan koronavirusga qarshi kurash chora-tadbirlari xususida o‘tkazilgan brifingda karantin sharoitida narxlarni sun’iy oshirgan “savdogarlar”ga nisbatan jinoiy jazo tayinlanishi mumkinligi ma’lum qilindi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar qilgan.

“Koronavirusdan vahimaga tushishga hech qanday sabab yo‘q. Davlatimiz unga qarshi turish uchun kerakli chora-tadbirlarni amalga oshirgan. Barcha zaxiralar yaratilgan va tibbiyot xodimlari shay holatda. Pandemiyaga qarshi kurash tajribasi xorijning ilg‘or davlatlaridan o‘rganilmoqda.

Fuqarolarimiz lozim bo‘lgan barcha oziq-ovqat va tibbiyot vositalari bilan ta’minlanadi. Xalqimizning boshiga tushgan sinovdan foydalanib, narxni sun’iy oshirib oladigan qo‘shtirnoq ichidagi tadbirkorlar uchrasa, ular hatto jinoiy javobgarlikka qadar tortiladi”, — deya ta’kidlagan Abdulla Aripov.

Mavzuga doir: Abdulla Aripov: “Avtomobillar narxi oshishiga qarshi namoyish o‘tkazish haqida xabar tarqatgan yigit hozir yig‘lab o‘tiribdi, hazillashgandim deb”

Koronavirus sabab O‘zbekistonda Navro‘z sayillari bekor qilingan. Hukumat O‘zbekistondagi diniy idoralarga diniy marosimlar o‘tkazishni vaqtincha cheklash bo‘yicha iltimos bilan murojaat qilgan. O‘zbekiston koronavirus sabab avia va avtoqatnovlarni to‘xtatdi, chet elda qolgan vatandoshlar charter reyslarda qaytarilishi mumkinligi ham mazkur brifingda ma’lum qilingan. Koronavirus sabab O‘zbekistondagi barcha maktablar, bog‘chalar va OTMlar karantinga yopilgan, ta’lim muassasalaridagi karantin uch haftagacha davom etishi mumkin.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют