» » Koronavirus sabab Yulduz Usmonovaning konserti 16-martdan boshlab qoldiriladi, “Million” jamoasining konserti yozga ko‘chirildi

Koronavirus sabab Yulduz Usmonovaning konserti 16-martdan boshlab qoldiriladi, “Million” jamoasining konserti yozga ko‘chirildi


O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova “Xalqlar do‘stligi” saroyida 10—25-mart kunlari o‘zining yangi yakkaxon konsert dasturini taqdim qilayotgan edi. Koronavirus sababli Yulduz Usmonovaning konsert dasturi 16-mart kunidan qoldirildi. 15-martdagi konsert esa o‘tkaziladi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi rahbari Odiljon Abduqahhorov “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga ma’lum qildi.

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning konsert dasturi 16-martdan boshlab vaqtincha qoldirildi. Olingan barcha chiptalar o‘z kuchida qoladi. Konsert dasturi qachon bo‘lib o‘tishi haqida eng kamida ikki kun oldin ma’lum qilinadi.

Odiljon Abduqahhorov, “O‘zbekkonsert” rahbari

“Million” kulgi jamoasining konsert dasturi esa 28-martdan 6-aprelgacha bo‘lishi rejalashtirilgan edi. “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi rahbari Odiljon Abduqahhorov bergan ma’lumotlarga qaraganda, “Million” jamoasining konsert dasturi belgilangan vaqtidan boshqa kunlarga ko‘chirilgan bo‘lib, dastur 27-iyundan 6-iyulgacha bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirus aniqlandi, Navro‘z bekor qilindi, maktab va bog‘chalar ta’tilga chiqdi. Asosiy ma’lumotlar



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2020, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют