» » Koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan o‘zbekistonlik haqida qo‘shimcha ma’lumot berildi

Koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan o‘zbekistonlik haqida qo‘shimcha ma’lumot berildi


O‘zbekistonda 15-mart kuni koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bemor 14-mart kuni Respublika Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti klinikasiga COVID-19 koronavirus infeksiyasiga gumon qilinib, yotqizilganini haqida xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bemor 28-fevraldan—11-martga qadar Fransiyada sayyohatda bo‘lgan. 11-mart kuni soat 6:00 da Parij—Toshkent 252-reysi bilan Toshkentga uchib kelgan. Aeroportda sanitariya-karantin punktida termometriya hamda birlamchi tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilgan va tekshiruv davomida kasallik belgilari aniqlanmagan. Shundan so‘ng, yo‘lovchining yashash manziliga aniqlik kiritilib, uy sharoitida 14 kunlik tibbiy kuzatuvga olingan.

Biroq, 13-mart kuni bemor tomog‘ida qichishish, tana harorati ko‘tarilishi hamda yo‘tal belgilari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Bemordan 14-mart kuni koronavirus infeksiyasiga labortoriya tahlili uchun namuna olingan va 15-mart kuni soat 06.00da namuna javoblariga ko‘ra, unda koronavirus infeksiyasi borligi tasdiqlangan. Shundan so‘ng, qolgan 24 nafar fuqarolarning yashash manzili bo‘yicha ro‘yxatlari shakllantirilib, ular 14 kunlik karantin o‘tkazishi uchun maxsus tayyorlangan muassasalarga joylashtirildi.

Samolyotda bemor bilan umumiy hisobda 48 nafar yo‘lovchilar kelgan. Ulardan 24 nafari tranzit yo‘lovchilar bo‘lib, qolgan 24 nafari O‘zbekistonda qolgan. Qolganlarning 4 nafari Fransiya, 1 nafar Italiya va 1 nafar Braziliya fuqarolari tashkil qiladi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida 11-mart kuni faoliyat olib borgan 69 nafar chegara qo‘shinlari, bojxona, aeroport xodimlarining ro‘yxati shakllantirildi hamda maxsus muassasalarda 14 kunlik tibbiy kuzatuvga olingani, shuningdek, bemorning 10 nafar oila a’zolari to‘liq tekshiruvdan o‘tkazish uchun Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti klinikasiga joylashtirilgani haqida ma’lum qilingan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirus aniqlandi, Navro‘z bekor qilindi, maktab va bog‘chalar ta’tilga chiqdi. Asosiy ma’lumotlar

Xabar berilishicha, bemor istiqomat qiluvchi ko‘p qavatli uy va bemor xonadonida dezinfeksiya o‘tkazilgan. Shu bilan birga, mazkur ko‘p qavatli uyda yashovchi 230 nafar fuqarolar ro‘yxati shakllantirilib, tibbiy kuzatuvga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют