» » Dubayda dronlardan litsenziyasiz foydalanish taqiqlandi

Dubayda dronlardan litsenziyasiz foydalanish taqiqlandi


Dubay fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi shahar-amirlikda dronlarni uchirish uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lishni majburiy etib belgiladi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Avvalroq dronlar bir necha marta Dubay xalqaro aeroporti ishida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishiga sababchi bo‘lgan edi.

Shu yilning 1-mayidan kuchga kiradigan yangi qoidalarga ko‘ra, uchuvchisiz uchar qurilmani sotib olmoqchi bo‘lganlar fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasidan litsenziya olish uchun ro‘yxatdan o‘tish jarayoni yakunlanmagunicha buni amalga oshira olmaydi.

“Odamlar Dubayning har qanday do‘konidan dronlarni sotib olishi mumkin, ammo ularda litsenziya bo‘lmasa, ularni do‘kondan olib ketolmaydi. Shuningdek, xaridorlar ularning dronlarni boshqarish qobiliyatini tekshirib ko‘ruvchi majburiy o‘quv dasturini o‘zlashtirishi kerak bo‘ladi”, — dedi boshqarma vakili Maykl Rudolf.

Опубликовано: admin (13-04-2017, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют