» » TIV O‘zbekiston fuqarolariga vatanga qaytish uchun davlat chegarasidan o‘tish taqiqlanmaganini ma’lum qildi

TIV O‘zbekiston fuqarolariga vatanga qaytish uchun davlat chegarasidan o‘tish taqiqlanmaganini ma’lum qildi


Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston hududiga kirish uchun taqiqlar borasida qo‘shimcha ma’lumot va izoh berdi.

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan qabul qilingan koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha vaqtincha cheklov choralari munosabati bilan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi:

“Xorijdagi O‘zbekiston fuqarolariga vatanga qaytish uchun davlat chegarasidan o‘tish taqiqlanmaydi. O‘zbekiston hududiga kirishga qo‘yilgan cheklovlar, avvalambor, boshqa davlatlarning fuqarolariga tegishli.

Shu bilan birga, davlatdan tashqariga chiqish bo‘yicha vaqtincha taqiq O‘zbekiston fuqarolariga tegishli bo‘lib, hozirda mamlakatimizda bo‘lib turgan xorijiy fuqarolarga nisbatan qo‘llanilmaydi”.

Mavzuga doir: 

Avval O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq birinchi holat qayd etilgani, 1-mart, chorshanba kuni, Uzbekistan Airways’ning Parij—Toshkent reysi bilan uchib kelgan ayol 15-martga o‘tar kechasi Respublika Virusologiya institutiga murojaat qilgani va tahlil natijalari uning koronavirusga chalingani ma’lum bo‘lgan.

Bosh vazir Abdulla Aripov ishtirokidagi matbuot anjumanida ayolda koronavirus aniqlangach, uning 9 nafar oila a’zosi, shuningdek, reysning O‘zbekistonda qolgan yo‘lovchilari va ular bilan muloqotda bo‘lgan odamlar — jami 150 kishi izolyatsiyaga olingani aytilgan. 16-martdan boshlab xorijiy davlatlar bilan barcha aviareyslar bekor qilinib, avtotransport vositasida O‘zbekistonga kirish-chiqish to‘xtatiladi.

Hukumat O‘zbekistondagi diniy idoralarga diniy marosimlar o‘tkazishni vaqtincha cheklash bo‘yicha iltimos bilan murojaat qilgan, shuningdek, barcha sport (masalan, Superliga), madaniy (jumladan, konsert) va boshqa tadbirlar, shuningdek, Navro‘z tantanalari va u bilan bog‘liq boshqa ommaviy marosimlar ham bekor qilingan (lekin to‘ylarni o‘tkazish mumkin). Bosh vazir ishtirokidagi matbuot anjumanida bolalar bog‘chalari, o‘rta maktablar va oliy ta’lim muassasalari (davlatnikimi, xususiymi, farqi yo‘q) karantinga yopilishi ham aytilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют