» » 11 yillik qamoqdan so‘ng oqlangan Turkiya fuqarosiga 3 dollar tovon puli berildi

11 yillik qamoqdan so‘ng oqlangan Turkiya fuqarosiga 3 dollar tovon puli berildi


Turkiya fuqarosi Husayn A. sud undan ayblovlarni olib tashlaganidan keyin qamoqda o‘tkazgan 11 yil vaqt uchun tovon puli sifatida to‘qqiz lira (uch dollardan kamroq)ga ega bo‘ldi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Erkak 1980-yil mayida so‘l radikal Dev-Sol guruhi a’zosi sifatida hibsga olingan va qamoqqa hukm etilgan. 11 yil-u ikki oydan so‘ng uni 13 ta banddan iborat ayblovlar bo‘yicha oqlashdi. Undan, shu jumladan, qotillik, konstitutsiyaviy tuzumni kuch bilan o‘zgartirishga urinish va hujjatlarni soxtalashtirish ayblovlari olib tashlandi.

Sobiq mahbus tovon puli haqida da’vo berdi. U unga 1,2 million lira (330 ming dollar) to‘lanishini talab qildi. Unga 8,78 million lira tovon puli belgilashdi. Ammo 2005-yilda Turkiya milliy valyutasi denominatsiya qilinganidan so‘ng (kupyuralardan oltita nolni olib tashlashdi) summa to‘qqiz liragacha kamayib qoldi.

Опубликовано: admin (13-04-2017, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют