» » Davlat soliq qo‘mitasi raisi oziq-ovqat mahsulotlari narxi nazoratga olinishini ma’lum qildi (video)

Davlat soliq qo‘mitasi raisi oziq-ovqat mahsulotlari narxi nazoratga olinishini ma’lum qildi (video)


Davlat soliq qo‘mitasi raisi Behzod Musayev karantin vaqtida O‘zbekistonda bozorlar yopilmasligini ma’lum qildi.

Eng muhimi, birinchi navbatda, vahimaga tushmaslik. O‘tgan ikki oy davomida biror bir mahsulotga narx oshdimi? Yoki narx oshishiga biror omil ta’sir qildimi? Hech qanday ta’sir bo‘lgani yo‘q.

Soliq organlari va prokuratura huzuridagi departament xodimlari bilan birgalikda doimiy asosda ishlaydigan maxsus shtab tuziladi va har bir bozordagi vaziyat nazoratga olinadi.

Shukur qilib aytishimiz kerak, O‘zbekiston oziq-ovqat mahsuloti bilan o‘zini-o‘zini ta’minlay oladigan mamlakat. Go‘sht mahsuloti bo‘ladimi, poliz mahsulotimi, hamma mahsulotlar hech qanday muammo bo‘lmasligi kerak.

Odamlarimiz vahimaga tushmaslik uchun aytmoqchimanki, hukumat tomonidan bunday vaziyat doimiy asosda nazoratga olib boriladi. Nafaqat Toshkentda, balki hududlardagi bozorlarda ham. Birorta bozor, birorta savdo do‘koni, birorta ovqatlanish shoxobchasi yopilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bozorlarimiz juda ham to‘kin-sochin.

Behzod Musayev, Davlat soliq qo‘mitasi raisi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют