» » O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 4 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 4 nafarga yetdi


O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish holatlari to‘rttaga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

15-mart kuni Fransiyada bo‘lib qaytgan bir nafar O‘zbekiston fuqarosida COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlangan edi. Koronavirus aniqlangan ayol bilan birga muloqotda bo‘lgan barcha oila a’zolari ham respublika Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasi yotqizilgandi.

Laborator tahlil natijalari bemorning o‘g‘li va qizida koronavirus infeksiyasi borligini ko‘rsatdi.

Shuningdek, 15-mart kuni soat 05:15 da Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga qarashli Istanbul — Toshkent yo‘nalishida uchib kelgan O‘zbekiston fuqarosida ham ushbu infeksiya aniqlangan.

Hozirda shifokorlar va mutaxassislar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davolash va epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2020, 01:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют