» » Uzbekistan Airways mahalliy va xalqaro aviaqatnovlarni bekor qildi

Uzbekistan Airways mahalliy va xalqaro aviaqatnovlarni bekor qildi


Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 16-mart kuni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha barcha qatnovlarning bekor qilingani, yakuniy qatnovlar faqat ikkita: Dehli—Toshkent hamda Toshkent—Riga—Toshkent yo‘nalishida amalga oshirilishini xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, 2020-yil 16-mart kuni faqat quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha yakuniy qatnovlar amalga oshiriladi:

HY426 — Dehli—Toshkent

HY103/104 — Toshkent—Riga—Toshkent

2020-yil 16-martda quyidagi mahalliy va xalqaro yo‘nalishdagi qatnovlar bekor qilingan:

HY231/232 — Toshkent—Frankfurt—Toshkent

HY271/272 — Toshkent—Istanbul—Toshkent

HY273/274 — Toshkent—Istanbul—Toshkent

HY275/276 — Samarqand—Istanbul—Samarqand

HY333/334 — Toshkent—Dubay—Toshkent

HY421 — Toshkent—Dehli

HY603/604 — Toshkent—Moskva—Toshkent

HY613/614 — Toshkent—Moskva—Toshkent

HY601/602 — Toshkent—Moskva—Toshkent

HY605 — Samarqand—Moskva

HY626 —Moskva—Farg‘ona

HY627 — Farg‘ona—Moskva

HY628 — Moskva—Farg‘ona

HY637/638 — Urganch—Sankt-Peterburg—Urganch

HY639 — Samarqand—Sankt-Peterburg

HY667/668 — Toshkent—Novosibirsk—Toshkent

HY691/692 — Toshkent—Tyumen—Toshkent

HY709/710 — Toshkent—Minsk—Toshkent

HY712 — Sankt-Peterburg—Termiz

HY717 — Toshkent—Dushanbe

HY721/722 — Toshkent—Nur-Sulton—Toshkent

HY763/764 — Toshkent—Olmaota—Toshkent

HY777/778 — Toshkent—Bishkek—Toshkent

Xalqaro qatnovlarni to‘xtatish 2020-yil 5-aprelgacha rejalashtirilgan. Uzbekistan Airways aviakompaniyasining bekor qilingan qatnovlari aviachiptalarini ular sotib olingan joyda qaytarish yoki 2020-yil 5-apreldan keyin bo‘lgan boshqa sanalarga almashtirish mumkin.

Mavzuga doir: 

Avval O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq birinchi holat qayd etilgani, 11-mart, chorshanba kuni, Uzbekistan Airways’ning Parij—Toshkent reysi bilan uchib kelgan ayol Respublika Virusologiya institutiga murojaat qilgani va tahlil natijalari uning koronavirusga chalingani ma’lum bo‘lgan.

Shundan so‘ng uning 9 nafar oila a’zosi, shuningdek, reysning O‘zbekistonda qolgan yo‘lovchilari va ular bilan muloqotda bo‘lgan odamlar — jami 150 kishi izolyatsiyaga olingani olingan. 16-martdan boshlab xorijiy davlatlar bilan barcha aviareyslar bekor qilinib, avtotransport vositasida O‘zbekistonga kirish-chiqish to‘xtatiladi.

Koronavirusning O‘zbekistondagi mart oyida bo‘ladigan to‘ylarga ta’sir ko‘rsatmasligi, hukumat O‘zbekistondagi diniy idoralarga diniy marosimlar o‘tkazishni vaqtincha cheklash bo‘yicha iltimos bilan murojaat qilgani aytildi. Shuningdek, barcha sport (masalan, Superliga), madaniy (jumladan, konsert) va boshqa tadbirlar, shuningdek, Navro‘z tantanalari va u bilan bog‘liq boshqa ommaviy marosimlar ham bekor qilingan.

Mamlakatda bolalar bog‘chalari, o‘rta maktablar va oliy ta’lim muassasalari (davlatnikimi, xususiymi, farqi yo‘q) ham karantinga yopiladi. Toshkent shahar hokimligi koronavirus profilaktikasi doirasida Toshkent shahridagi bozorlar yopilmasligi, Tashqi ishlar vazirligi esa O‘zbekiston fuqarolariga vatanga qaytish uchun davlat chegarasidan o‘tish taqiqlanmaganini ma’lum qildi.

Davlat soliq qo‘mitasi raisi oziq-ovqat mahsulotlari narxi nazoratga olinishini bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют