» » JARda minglab odamlar prezident Jeykob Zumaga qarshi namoyishga chiqdi

JARda minglab odamlar prezident Jeykob Zumaga qarshi namoyishga chiqdi


Janubiy Afrika Respublikasining ma’muriy poytaxti Pretoriya shahrida muxolifat partiyalari a’zolari va oddiy fuqarolardan iborat minglab odamlar mamlakat prezidenti Jeykob Zumaga qarshi namoyishga chiqdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Namoyishchilar prezident iste’foga chiqmagunicha aksiyani davom ettirishini ma’lum qildi. Ba’zi ishtirokchilar “Afrika Milliy Kongressi qabri”ni qulatib, hukmron partiya dafn etilishini aytdi. Namoyishlar chog‘ida ishtirokchilar hukumat binosigacha yetib borishi kutilmoqda.

Norozilik aksiyasi Zumaning 75 yillik yubileyi tantanalariga to‘g‘ri keldi.

Shaharga va unga tutash tumanlarga talonchilik va tartibbuzarliklar oldini olish uchun politsiya otryadlari yuborildi. Pretoriyaga kirishdagi bir nechta yo‘llar yopib qo‘yildi.

Опубликовано: admin (13-04-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют