» » Qozog‘istonda favqulodda holat tartibi amal qilishni boshladi

Qozog‘istonda favqulodda holat tartibi amal qilishni boshladi


Qozog‘iston prezidentini mamlakat bo‘ylab favqulodda holat rejimini e’lon qilgani haqida xabar berilgandi. Tengrinews’ning yozishicha, bugun, 16-fevraldan rejim boshlangan.

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayevning tegishli qaroriga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab favqulodda holat rejimi 16-mart kuni soat 08:00 dan 15-aprel soat 07:00 ga qadar amalda bo‘ladi.

Bu kabi qaror butun dunyo bo‘ylab koronavirus pandemiyasi tarqalishi fonida qabul qilingan. Ushbu davr oralig‘ida bosh vazir Asqar Mamin boshchiligidagi maxsus davlat komissiyasi ish olib boradi.

Favqulodda holat davrida Qozog‘istonda qator cheklovlar joriy etildi. Yirik nooziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanadigan yirik obyektlar, kinoteatrlar, teatrlar, ko‘rgazmalar va boshqa joylar faoliyati to‘xtatildi. Bundan tashqari, ommaviy sport va ko‘ngilochar tadbirlar, shuningdek, oilaviy to‘ylarni o‘tkazish taqiqlangan.

Qozog‘istonliklar favqulodda holat davrida mamlakatni tark eta olmaydi (xorijga davolanish uchun ketayotganlardan tashqari).

Hozirda Qozog‘istonda koronavirus yuqtirib olganlar soni olti nafarni tashkil etadi. 1090 kishi kasalxonaga yotqizilgan, 452 kishi uy karantinida.

Mavzuga doir: Qozog‘istonda davlat organlariga xorijga xizmat safariga chiqish taqiqlandi

Eslatib o‘tamiz, 15-mart soat 06:00 da Respublika Virusologiya instituti laboratoriyasida Fransiyada bo‘lib qaytgan bir nafar O‘zbekiston fuqarosida COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bemor ayol tufayli 150 kishi izolyatsiyaga olindi. Ularning to‘qqiz nafari ayolning oila a’zolari.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют