» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni olti nafarga yetdi. Ularning besh nafari bir oila vakillari

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni olti nafarga yetdi. Ularning besh nafari bir oila vakillari


O‘zbekistonda koronavirusga chalingan fuqarolar soni olti nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekistonda 15-mart, yakshanba kuni koronavirusga chalinish bilan bog‘liq ilk holat qayd etilgan edi. Virus 11-mart kuni Fransiyadan qaytgan ayolda aniqlangan edi. Keyinroq, 16-martga o‘tar kechasi COVID-19 koronavirus kasalligini yuqtirgan fuqarolar soni yana uch nafarga ko‘paygani ma’lum bo‘ldi.

Ulardan biri 15-mart kuni tongda Istanbuldan qaytgan erkak bo‘lsa, qolgan ikki nafari birinchi bemor — 11-mart kuni Fransiyadan qaytgan ayolning o‘g‘li va qizi ekani ma’lum qilingan edi. Ma’lum qilishlaricha, ayni paytda ushbu fuqaroning turmush o‘rtog‘i va nevarasida ham koronavirus infeksiyasi qayd etilgan.

“Bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlarning ro‘yxati olinib, ularning salomatligi ustidan ham tibbiy nazorat o‘rnatildi. Hozirda shifokorlar va mutaxassislar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davolash va epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda”, — deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют