» » O‘zbekistonda koronavirusga chalingan olti bemorning ahvoli hozircha qoniqarli ekani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda koronavirusga chalingan olti bemorning ahvoli hozircha qoniqarli ekani ma’lum qilindi


O‘zbekistonda koronavirusga chalingani aniqlangan olti bemorning ahvoli qoniqarli. Bu haqda Virusologiya ilmiy tekshirish instituti direktori Erkin Musaboyev ma’lum qildi. Avvalroq sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov birinchi bemorning ahvoli qoniqarli ekanini ma’lum qilgan edi.

Sog‘liqni saqlash vazirligidan xabar berishlaricha, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida epidemiologik surishtiruv va kasallik tarqalib ketmasligi uchun barcha profilaktik chora-tadbirlar to‘liq amalga oshirilmoqda.

“Hozirga qadar koronavirus infeksiyasi qayd etilgan olti nafar bemor klinikamizga yotqizilgan. Ular shifokorlar tomonidan kecha-yu kunduz tibbiy nazoratga olingan. Umumiy ahvoli doimiy kuzatuvda. Ayni paytda ularning ahvoli qoniqarli”, — dedi Musaboyev.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni olti nafarga yetdi. Ularning besh nafari bir oiladan

Institut direktorining ta’kidlashicha, hozirgacha koronavirus aniqlangan olti nafar bemor Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga ko‘ra, belgilangan stantdartlar asosida davolanmoqda.

O‘z navbatida Sog‘liqni saqlash vazirligi aholini vahimaga berilmaslikni chaqirgan. Qayd etishlaricha, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish va ushbu infeksiyaga chalingan bemorlarni davolash uchun barcha sharoit yaratilgan.

“Jumladan, tibbiyot muassasalari zarur dori-darmon vositalari hamdamutaxassislar bilan yetarli darajada ta’minlangan”, — deyiladi rasmiy axborotda. Vazirlik shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilishni so‘ragan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют