» » Video: O‘zbekiston Eronga koronavirusdan himoyalanish vositalaridan iborat gumanitar yordam jo‘natdi

Video: O‘zbekiston Eronga koronavirusdan himoyalanish vositalaridan iborat gumanitar yordam jo‘natdi


O‘zbekiston Eronga koronavirusdan himoyalanish uchun zarur bo‘lgan bir martalik tibbiyot qo‘lqoplari, niqoblar va kombenizonlardan iborat gumanitar yordamning navbatdagi partiyasini Eronga jo‘natdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Vazirlik gumanitar yordamni yetkazib berishda mas’ul organ hisoblanadi. Tibbiy buyumlar ortilgan samolyot bortida vazirlikning ikki shifokori bor. Ular O‘zbekistonga qaytib kelganidan so‘ng darhol karantinga olinadi, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, shu vaqtga qadar O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun Xitoyga ikki marta gumanitar yordam jo‘natdi. Bunga javoban Xitoy rahbari Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi.

Eron hukumati Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ)ga koronavirus epidemiyasi tufayli 5 milliard dollar berishni so‘rab, murojaat qildi. Avvalroq Tramp koronavirusga qarshi kurashda AQSh Eronga yordam berishga tayyorligini bildirgan. AQSh ko‘magini rad etgan Eron Rossiyadan yordam so‘ragan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют