» » Riga—Toshkent yo‘nalishida uchgan samolyot Namanganga qo‘nadi. Barcha yo‘lovchilar karantinga olinadi

Riga—Toshkent yo‘nalishida uchgan samolyot Namanganga qo‘nadi. Barcha yo‘lovchilar karantinga olinadi


16-mart kuni Riga—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lgan Uzbekistan Airways’ning HY104 qatnovi Namangan shahriga keladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu qatnov bilan kelgan barcha yo‘lovchilar Namangan shahrida karantinga yuboriladi.

“Yo‘lovchilarning vaqtincha joylashtirish punktida turishi masalalari bo‘yicha O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligining bosh qarorgohiga 71 276-49-66 telefon raqami orqali murojaat qilish mumkin.

Bu Toshkent—Riga—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha Uzbekistan Airways’ning yakuniy qatnovi. 17-martdan ushbu yo‘nalish bo‘yicha barcha parvozlar bekor qilinadi”, — deyiladi xabarda.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 16-mart kuni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha barcha qatnovlarning bekor qilingani, yakuniy qatnovlar faqat ikkita: Dehli—Toshkent hamda Toshkent—Riga—Toshkent yo‘nalishida amalga oshirilishini xabar qilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют