» » O‘zbekistonda fuqarolarni propiskaga olish 1-iyuldan Yagona portal orqali amalga oshirilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda fuqarolarni propiskaga olish 1-iyuldan Yagona portal orqali amalga oshirilishi kutilmoqda


Hukumatning “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini yanada soddalashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-iyulgacha O‘zbekiston fuqarolarini doimiy propiska qilish bilan bog‘liq harakatlarni amalga oshirish tartib-taomillari avtomatlashtirilishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, Ichki ishlar, Mudofaa, Adliya, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari, Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasiga 2020-yil 1-iyulgacha fuqarolarni doimiy propiska qilish bilan bog‘liq harakatlarni amalga oshirish tartib-taomillarini avtomatlashtirish va idoralararo elektron hamkorlikni yo‘lga qo‘yish vazifasi yuklatildi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda propiska so‘zi amaliyotdan chiqariladi

IIV fuqarolarni doimiy propiska qilish bilan bog‘liq harakatlarni idoralararo elektron hamkorlik orqali “Yagona darcha” tamoyili asosida “Manzil” avtomatlashtirilgan axborot tizimi vositasida amalga oshirishni ta’minlaydi.

Idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda fuqarolarini doimiy propiska qilish bilan bog‘liq harakatlar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida — 2020-yil 1-iyuldan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2021-yil 1-yanvardan boshlab amalga oshirilishi belgilandi.

2020-yil 1-iyulgacha ariza beruvchilar tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida shaxsiy kabinet orqali doimiy propiska bilan bog‘liq harakatlarni amalga oshirish mexanizmi joriy etiladi.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev 1-apreldan boshlab Toshkentdan propiskasiz uy olishga ruxsat beruvchi farmonni imzolagani, propiskasizlar uchun alohida boj bekor qilinishi xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 54) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют