» » JSST: Yevropada koronavirus oqibatida vafot etadiganlar soni o‘sishni davom etadi

JSST: Yevropada koronavirus oqibatida vafot etadiganlar soni o‘sishni davom etadi


Yaqin haftalar ichida Yevropada koronavirus oqibatida vafot etayotganlar sonida o‘sish kuzatiladi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining rasmiy vakili Tarik Yazarevichga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Yazarevichning so‘zlariga ko‘ra, bir qator davlatlar hali pandemiyaning dastlabki boqichida turibdi.

Ta’kidlanishicha, Italiyada vafot etganlarning aksariyati bundan ikki—uch hafta oldin kasallikka chalingan. Rasmiy vakilning aytishicha, yaqin vaqtlar ichida ushbu mamlakatda infeksiya oqibatida vafot etadiganlar va davolanishga muvaffaq bo‘lganlar soni ortadi. Bundan tashqari, muammo shundaki, Italiyada koronavirusning tez tarqalishi sharoitida bemorlarning boshqalar bilan aloqasini kuzatish ancha qiyinlashgan.

15-mart holatiga ko‘ra, butun dunyoda COVID-19 koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 156 ming nafardan oshgani xabar qilingan. COVID-19 keltirib chiqargan pnevmoniya kasalligidan o‘lganlar soni 5819 nafarni, tuzalib ketganlar esa 73,9 ming nafarni tashkil etgan. Kasallanish holatlari dunyoning 142 ta mamlakatida qayd etilgan.

Mavzuga doir: JSST koronavirus qurbonlarining soni fojiaviy hisoblanuvchi ko‘rsatkichdan o‘tib ketganini ma’lum qildi

O‘zbekistonda esa koronavirus bilan kasallanganlar soni 6 nafarga yetgan. Mamlakat koronavirus sabab avia va avtoqatnovlarni to‘xtatagan, shuningdek, barcha maktablar, bog‘chalar va OTMlar karantinga yopildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют