» » Venesueladagi namoyishlar davomida 5 kishi halok bo‘ldi

Venesueladagi namoyishlar davomida 5 kishi halok bo‘ldi


Venesuelada prezident Nikolas Maduroga qarshi namoyishlar davomida besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Estrategia & Negocios nashri ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Mahalliy prokurorning ma’lum qilishicha, 11-aprel, seshanba kuni kechki payt Barkisimeto shahri hududidagi norozilik namoyishlari chog‘ida 13 yoshli o‘smir va 36 yoshli erkak halok bo‘lgan. U qurbon bo‘lganlarning o‘limiga sabab bo‘lgan vaziyatga aniqlik kiritmadi.

Shuningdek, 6- va 11-aprel kunlari Karakas va Valensiya chekka qismida ikki nafar o‘smirga nisbatan o‘q uzilganligi ma’lum qilinmoqda.

Muxolifatchi deputat Xuan Rekvesens beshinchi qurbon ko‘zni yoshlantiruvchi gazdan bo‘g‘ilib halok bo‘lgan ayol kishi ekanligini ma’lum qildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-04-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют