» » Fransiyadagi taniqli brendlarning atir ishlab chiqaruvchi zavodlari bepul qo‘lni dezinfeksiyalovchi vositalarni ishlab chiqaradi

Fransiyadagi taniqli brendlarning atir ishlab chiqaruvchi zavodlari bepul qo‘lni dezinfeksiyalovchi vositalarni ishlab chiqaradi


LVMH konserni o‘zining parfyumeriya ishlab chiqaruvchi liniyalarini qo‘lni dezinfeksiya qiluvchi vositalar ishlab chiqarishga yo‘naltiradi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Sanitayzerlar Christian Dior, Givenchy va Guerlain brendlar uchun parfyumeriya ishlab chiqaruvchi uchta zavodda ishlab chiqarila boshlaydi.

Qayd etilishicha, ushbu zavodlar Orlean, Shartr va Bove shaharlarida joylashgan.

LVMH antiseptiklarni Fransiya Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etadi. Mahsulot yetkazib berish 16-martdan boshlanadi. Konsern birinchi haftada 12 tonna mahsulot ishlab chiqaradi. Mahsulot unga bo‘lgan talab to‘liq qondirilgunga qadar ishlab chiqariladi.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 15-mart holati bo‘yicha Fransiyada koronavirusni yuqtirganlar soni 4469 nafarni tashkil qilgan. Sakkizta o‘lim holati qayd etilgan. Mamlakat kasallar soni bo‘yicha Yevropada uchinchi o‘rinda turibdi. O‘zbekistonda qayd etilgan birinchi holatda ham bemor koronavirusni Fransiyada yuqtirib kelgani aytildi. Hozirda O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirish bilan bog‘liq 6 ta holat qayd etildi. Bemorlarning ahvoli qoniqarli ekanligi aytilmoqda.

Avvalroq Fransiyadagi Eyfel minorasi koronavirus sabab tashrif buyuruvchilar uchun yopilgani xabar berilgan edi.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron koronavirus sabab Fransiyadagi barcha ta’lim muassasalarini yopish bo‘yicha topshiriq bergan, shuningdek, u G7 davlatlarining rahbarlari bilan videokonferensiya o‘tkazilishi, unda koronavirus oqibatlari, kasallikka qarshi vaksina ishlab chiqish, COVID-19 tarqalishi oqibatida yuzaga keladigan moliyaviy, iqtisodiy muammolar muhokama qilinishini bildirgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют