» » “Niqoblar to‘g‘ri taqilmasa virusdan himoya qilmaydi”. Tibbiyot niqoblarining foyda va zarari haqida

“Niqoblar to‘g‘ri taqilmasa virusdan himoya qilmaydi”. Tibbiyot niqoblarining foyda va zarari haqida


Yangi turdagi COVID-19 koronavirus haqidagi yangiliklardan so‘ng, dorixonalarida tibbiyot niqoblariga bo‘lgan taqchillik yuzaga keldi. Ko‘chalarda odamlarning aksariyati niqobda. Bosh vazir tibbiy niqoblar va tibbiyot kombinezonlarini ishlab chiqarish hajmi oshirilgani, mamlakatda yetarli darajada zaxira shakllantirilganini ta’kidlagan bo‘lsa-da, ayrim dorixonalarda tibbiyot niqoblari sotuvda qolmagan. Turli soha mutaxassislari OAV orqali chiqish qilib, virusdan himoyalanish uchun niqoblardan foydalanishni tavsiya qilmoqda. Aslida ham shunday? Dorixonaga yugurish kerakmi? Meduza shu turdagi savollarga javob berdi.

Qisqa qilib aytganda, yirik tibbiyot tashkilotlari kasal bo‘lmagan va shifoxona yoki poliklinikada ishlamaydigan odamlarga niqob taqishni tavsiya qila olmaydi, chunki niqoblarning himoya xususiyati isbotlanmagan hamda nazariy jihatdan niqoblar u qadar foydali ham emas. Tibbiyot niqoblarining ko‘plab kamchiliklari mavjud:

Mavzuga doir: Koronavirusdan saqlanish uchun hamma amal qilishi lozim bo‘lgan tavsiyalar

Niqoblarni yo‘tal yoki aksa urishi orqali virus yoki bakteriyalarni boshqalarga tarqatishi mumkin bo‘lgan bemorlarga taqish tavsiya etiladi. Shuningdek, niqoblarni jarrohlar ham taqishiga odatga aylangan, ammo bu operatsiya qilinayotgan jarohatning infeksiyadan himoya qilishni kafolatlaydigan ma’lumotlar yo‘q. Shuga qaramay, niqoblar shifokorni bemordan sachraydigan biologik suyuqlikdan himoya qila oladi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ko‘plab viruslardan himoyalanishning oddiy va universal usullarini tavsiya qiladi:

Universal masalahat — niqoblar qadog‘idagi qo‘llanmaga rioya qilish. Ammo qo‘shimcha masalahatlar ham kerak bo‘ladi:

Niqoblardan ko‘ra, FFP2 respiratorlari yaxshi foyda beradi (FFP1 respiratorlari borligini ham unutmaslik kerak, ularning tashqi ko‘rinishi chiroyli bo‘lsa-da, himoyasi kuchsiz). Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tibbiyot xodimlariga aynan FFP2’dan foydalanishni tavsiya qiladi. Ammo uning ham o‘ziga yarasha kamchiligi bor:

Mavzuga doir: Koronavirusdan himoyalanish bo‘yicha asosiy choralar



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют