» » Ispaniya qiroli otasining merosidan voz kechdi

Ispaniya qiroli otasining merosidan voz kechdi


Ispaniya qiroli Filipp VI otasi, sobiq monarx Xuan Karlos I dan oladigan merosdan, shuningdek, kelib chiqishi noqonuniy bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday aktivlar, investitsiyalar yoki moliyaviy tuzilmalardan voz kechishga qaror qildi. “RBK”ning xabar berishicha, bu haqda Ispaniya qirollik saroyi bayonotida aytilgan.

Ushbu bayonotni Filipp VI otasining Saudiya Arabistonidan olingan pullarni boshqarish uchun yaratgan Panamadagi Lucum Jamg‘armasidan foyda oluvchi bo‘lishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlar fonida e’lon qilgan.

Qayd etilishicha, prokurorlar Panamadagi jamg‘arma nomidan ochilgan Xuan Karlos I ning Shveytsariya hisob raqamiga 100 million dollar o‘tkazilishini tekshirmoqda.

Qirollik saroyi bayonotida ta’kidlanishicha, Filipp VI uning ushbu jamg‘armaning benefitsiari etib tayinlangani haqida hech narsa bilmaydi. Shu bilan birga, 2019-yil mart oyida qirol Britaniyaning Kobre & Kim yuridik firmasidan Lucum Foundation’ning benefitsiari etib tayinlanganligi to‘g‘risida xat olganligini rad etilmagan. Biroq ushbu ma’lumotni tasdiqlovchi hech qanday hujjat keltirilmagan.

Filipp VI taxtga 2014-yil 19-iyunda, otasi Xuan Karlos I qirollik hokimiyatidan voz kechganidan so‘ng o‘tirgan. O‘sha paytda 76 yoshda bo‘lgan sobiq qirol, taxtga o‘tirishda yosh monarxning vaqti kelganligini aytgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 91) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют