» » Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Milliy gvardiya qo‘mondoni etib tayinlandi

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Milliy gvardiya qo‘mondoni etib tayinlandi


O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Toshkent shahar IIBB boshlig‘i general-mayor Rustam Jo‘rayev Milliy gvardiya qo‘mondoni lavozimiga tayinlandi. Milliy gvardiya qo‘mondoni lavozimida ishlab kelgan general-polkovnik Bahodir Toshmatov qaysi lavozimga tayinlangani noma’lum.

Rustam Jo‘rayev o‘rniga Toshkent shahar IIBB boshlig‘i lavozimiga polkovnik Aziz Toshpo‘latov tayinladi. Aziz Toshpo‘latov tayinlovga qadar ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimiga esa general-mayor Shuhratjon Sobirov tayinlandi. Tayinlovga qadar Shuhratjon Sobirov Andijon viloyati IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Andijon viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga polkovnik Azat Tasbayev tayinlandi. Tayinlovga qadar polkovnik Azat Tasbayev O‘zbekiston Respublikasi IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют