» » Rossiyada koronavirusning to‘rtinchi testi ishlab chiqilayotgani ma’lum qilindi

Rossiyada koronavirusning to‘rtinchi testi ishlab chiqilayotgani ma’lum qilindi


Rossiyada COVID-19 koronavirusini aniqlash va diagnostika qilish bo‘yicha uchta test-tizim ro‘yxatga olingan va endi to‘rtinchisi ham ishlab chiqish jarayonida. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikova ma’lum qildi.

Golikova uchta tizimning ikkitasi “Vektor” ilmiy markazi tomonidan, yana bittasi esa Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilganini ta’kidlagan.

“Ayni vaqtda yana bir test-tizim ishlab chiqish jarayonida, ushbu dastur ham shu hafta ichida ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin”, — deya ta’kidlagan Golikova.

Bosh vazir o‘rinbosarining aytishicha, Rossiyada test-tizimlar tanqisligi kuzatilmayapti va “Rospotrebnadzor” mamlakatdagi barcha hududlarga ularni yetkazib berishi mumkin.

Mavzuga doir: 

“Rospotrebnadzor” koronavirusni aniqlaydigan birinchi tizim ishlab chiqilgani haiqda 21-yanvarda ma’lum qilgan. Olimlar ikkita mustaqil vosita yordamida koronavirus va keltirib chiqaradigan pnevmoniya kasalligini anilashga muvaffq bo‘lgan.

Birinchisi koronavirus infeksiyasi bor yoki yo‘qligini aniqlasa, boshqasi COVID-19 keltirib chiqaradigan nafas yo‘llari og‘ir kasalligi tashxisini qo‘ya oladi.

Keyinroq, 14-fevralda “Rospotrebnadzor” “Vektor” virusologiya va biotexnologiyalar ilmiy markazi tomonidan yana bir test-tizim ishlab chiqilganini xabar berdi. Rossiya 14-mart kuni O‘zbekistonga koronavirusni aniqlaydigan test tizimini yuborgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют