» » Qozog‘istonda ikki yoshli bolada koronavirus aniqlandi

Qozog‘istonda ikki yoshli bolada koronavirus aniqlandi


Qozog‘istonda 2018-yilda tug‘ilgan bolakayda koronavirus aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy vakili Dias Ahmetsharifga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi. Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 13 kishiga yetgan.

Aniqlanishicha, kasallikni yuqtirib olgan qizaloq Olmaotaga Berlindan Minsk orqali uchib kelgan. Bolakay shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Qozog‘istonda koronavirus tarqalishi munosabati bilan 16-martdan 15-aprelga qadar favqulodda holat rejimi joriy qilindi. Bu davrda qozog‘istonliklar mamlakatni tark eta olmaydi (xorijga davolanish uchun ketayotganlardan tashqari).

Mamlakatda ommaviy tadbirlar bekor qilindi, maktab o‘quvchilari ta’tilga ertaroq chiqdi, davlat organlariga xorijga xizmat safariga chiqish taqiqlandi. Fuqarolarga qo‘l berib ko‘rishmaslik tavsiya qilindi.

Mavzuga doir: 

Ma’lumot uchun, 16-mart holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 8 kishini tashkil etmoqda. 5,6 mingdan ortiq fuqaro esa karantinga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют