» » JSST: Bir sutkada dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni salkam 14 mingtaga ko‘paydi

JSST: Bir sutkada dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni salkam 14 mingtaga ko‘paydi


Oxirgi bir sutka davomida butun dunyoda koronavirus yuqtirish bo‘yicha 13 903 ta holat kuzatilgan. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti o‘z hisobotida ma’lum qildi. Shu tariqa, butun dunyoda koronavirus panemiyasi boshlanganidan beri COVID-19 bilan kasallangan odamlar soni 167 511 nafar yetdi.

Yangi holatlarning deyarli hammasi — 13 874 ta holat 2019-yil dekabridan beri koronavirus o‘chog‘i bo‘lgan Xitoydan tashqarida qayd etilgan. Xitoy hududida oxirgi bir sutka ichida atigi 29 ta yangi holat qayd etilgan.

Bundan tashari, boshqa xorij davlatlarida 848 nafar odam koronavirus keltirib chiqargan pnevmoniyadan vafot etgan bo‘lsa, Xitoyda kasallikdan o‘lganlar soni 14 nafarni tashkil etmoqda.

JSST axborotiga ko‘ra, Xitoydan boshqa mamlakatlarda o‘lim ko‘rsatkichi Xitoydagidan ancha baland va endi tashkilot hisobotlarida Xitoy alohida qatorda belgilangan holda qayd etilmaydi.

Shuningdek, yana to‘rtta davlat o‘z hududida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha ilk holat qayd etilganini xabar qilgan, deyiladi JSST hisobotida. Bular — O‘zbekiston, Urugvay, Ruanda va Seyshel orollari.

Mavzuga doir: “Dunyoning eng boy kishilari bu kasallikdan qutula olmadimi, unda biz ham tayyor turishimiz kerak”. Kanadadagi o‘zbekistonlik koronavirus haqida

13-mart kuni JSST Yevropani koronavirus pandemiyasining asosiy o‘chog‘i deb e’lon qilgan. So‘nggi vaqtlarda qit’ada kasallanish ko‘rsatkichi Xitoyda cho‘qqiga chiqqan vaqtdagidan ham ko‘proq kuzatilgan.

Eng ko‘p kasallanganlar Italiyada (25 ming kishi), shuningdek Ispaniya (8 mingta holat), Fransiya (5 mingdan ziyod odam kasallangan) va Germaniyada (taxminan 5 ming nafar odam koronavirus yuqtirib olgan) ham epidemiologik vaziyat yaxshi emas.

16-mart kun Fransiya prezidenti Emmanuael Makron Shengen hududi chegaralari va Yevropa ittifoqi 17-martdan 30 kunga yopilganini e’lon qildi.

Shuningdek, Fransiyada fuqarolarning mamlakat hududida ko‘chib yurishiga cheklovlar qo‘yilgan. Makron Fransiya aholisiga murojaat qilib, faqat zarurat bo‘lgan hollardagina boshqa manzilga ko‘chishni tavsiya qildi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют