» » O‘zbekistonda koronavirusga chalingan fuqarolar soni 10 kishiga yetdi. Bemorlar ahvoli hozircha qoniqarli

O‘zbekistonda koronavirusga chalingan fuqarolar soni 10 kishiga yetdi. Bemorlar ahvoli hozircha qoniqarli


O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan fuqarolar soni 10 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Avvalroq 15-mart kuni soat 5:15 da Uzbekistan Airways’ning Istanbul—Toshkent reysida kelgan O‘zbekiston fuqarosida koronavirus aniqlangani haqida xabar berilgan edi. Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma’lum qilishlaricha, so‘nggi tahlillar ushbu fuqaroning xuddi shu reysda u bilan birga kelgan rafiqasi va yana bir yo‘lovchisiga ham koronavirus infeksiyasi yuqqanini tasdiqlagan.

“Ayni paytga kelib, ushbu infeksiya aniqlangan bemorlar soni 10 nafarga yetdi. Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida davolanayotgan ushbu bemorlarning ahvoli hozircha qoniqarli bo‘lib, shifokorlar tomonidan standartlar asosida davolash muolajalari olib borilmoqda”, — deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy axborotida.

O‘zbekiston koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq ilk holat 15-mart kuni tong soat 6:00 da tasdiqlangan edi. Birinchi bemor 11-mart kuni Fransiyadan qaytgan ayol bo‘ldi. Keyinchalik uning o‘g‘li, qizi, turmush o‘rtog‘i, nevarasi va yana bir qarindoshida ham koronavirus infeksiyasi aniqlangani ma’lum qilindi.

Bundan tashqari, 15-mart kuni tongda Istanbuldan uchib kelgan o‘zbekistonlik erkakda, shuningdek, 14-mart kuni tongda Londondan uchib kelgan O‘zbekiston fuqarosida ham koronavirus aniqlangan. Sog‘liqni saqlash vazirining ma’lum qilishicha, 16-mart holatiga 5,6 mingdan ortiq odam karantinga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют