» » Britaniyalik aktyor Idris Elba ham koronavirusni yuqtirib oldi

Britaniyalik aktyor Idris Elba ham koronavirusni yuqtirib oldi


Britaniyalik aktyor Idris Elba COVID-19 koronavirusini yuqtirib oldi, deb xabar berdi “RBK”.

“Bugun ertalab COVID-19 koronavirusiga test topshirdim, natija ijobiy chiqdi. O‘zimni yaxshi his qilmoqdaman, simptomlar hozircha yo‘q, shunday bo‘lsa ham izolyatsiyadaman”, deb yozadi aktyor Twitter’dagi sahifasida.

Aktyor o‘zida koronavirus aniqlanganidan vahimaga tushmayotganini aytib, muxlislarini kasallik qanday kechayotganidan boxabar qilib turishini qo‘shimcha qildi.

Idris Elba rejissor Kennet Brananing “Tor” filmidagi ijrosidan so‘ng tanildi.

Shuningdek “Rok-n-rolchi”, “Katta o‘yin”, “Tinch okeani chegarasi” kabi filmlardagi rollari ham unga shuhrat keltirgan.

Avvalroq aktyor Tom Xenks va uning rafiqasi hamda aktrisa Olga Kurilenkoda ham koronavirus aniqlangani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: “Dunyoning eng boy kishilari bu kasallikdan qutula olmadimi, unda biz ham tayyor turishimiz kerak”. Kanadadagi o‘zbekistonlik koronavirus haqida

Video: Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov karantinga olingan o‘zbekistonliklarning umumiy sonini ma’lum qildi

Eslatib o‘tamiz, hozirda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq holatlar soni sakkiztaga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют