» » “Talabalar Toshkentdan bepul olib qaytiladi”. Qashqadaryo transport boshqarmasi qashqadaryolik talabalar uchun avtomobillar ajratdi

“Talabalar Toshkentdan bepul olib qaytiladi”. Qashqadaryo transport boshqarmasi qashqadaryolik talabalar uchun avtomobillar ajratdi


Qashqadaryo transport boshqarmasi Toshkent shahrida tahsil oluvchi qashqadaryolik talabalarni uyiga qaytarish uchun avtomobillar ajratdi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat Transport boshqarmasi axborot xizmati rahbari Mirzohid Jo‘rayev ma’lum qildi.

Talabalar uchun ajratilgan avtomobillar — 18-mart, chorshanba kuni Talabalar shaharchasidan yo‘lga chiqadi.

“Hozirga qadar bo‘lgan murojaatlarga ko‘ra, 5 ta avtobus, 2 ta  mikroavtobus va 50 ga yaqin yengil avtomobil ajratildi”, — deydi boshqarma boshlig‘i Ulug‘bek Ernazarov.

Ulug‘bek Ernazarovning aniqlik kiritishicha, 17-mart, seshanba kuni soat 12:00 ga qadar qashqadaryolik talabalardan 300 ga yaqini qo‘ng‘iroq qilgan va uyiga qatmoqchiligini bildirgan.

Ta’kidlanishicha, transport vositalari qashqadaryolik talabalarga bepul xizmat ko‘rsatadi.

“Transport xarajatlari viloyatdagi korxona va tashkilot rahbarlari hamda savob uchun homiylik qilmoqchi bo‘lgan tadbirkorlar hisobidan qoplab beriladi”, — deydi Ulug‘bek Ernazarov.

Eslatib o‘tamiz, uyiga ketishni xohlovchi qashqadaryolik talabalardan 18-mart kuni soat 10:00 ga qadar Toshkent shahridagi Talabalar shaharchasiga yetib kelish va +998973507788 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish so‘ralgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют