» » Stallone film tushumlaridan foiz to‘lamagani uchun Warner Bros. kompaniyasini sudga berdi

Stallone film tushumlaridan foiz to‘lamagani uchun Warner Bros. kompaniyasini sudga berdi


Gollivud aktyori Silvestr Stallone Warner Bros. Entertainment kompaniyasini sudga berib, uni “Vayron qiluvchi” (Demolition Man, 1993-yil) filmining kassa tushumlaridan uning ulushini to‘lamaganlikda aybladi, deb yozadi “TASS”.

Los-Anjeles sudiga berilgan da’voda aytilishicha, shartnomaga ko‘ra, film tushumlari 125 million dollardan oshgan taqdirda, uning 15 foizi aktyorga berilishi kerak. “Vayron qiluvchi” jangari filmi dunyo prokatida 159 million dollar ishlab olgan.

Ammo Warner Bros. avvalroq 57 million dollarlik film o‘z-o‘zini qoplamaganini aytgan. Aktyor vaziyatga oydinlik kiritilishini talab qilgach, kinostudiya hech qanday izohlarsiz Stallonega 2,8 million dollar uchun chek yuborgan.

O‘ziga qonuniy tarzda tegishli bo‘lgan mablag‘dan tashqari, Stallone tovon puliga ham umid qilmoqda.

Опубликовано: admin (13-04-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют