» » Zelenskiy ukrainaliklarga karantin paytida demografiyani ko‘paytirishni maslahat berdi

Zelenskiy ukrainaliklarga karantin paytida demografiyani ko‘paytirishni maslahat berdi


Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy fuqarolarga COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish choralari sifatida mamlakatda joriy etilgan karantin paytida demografik inqirozga qarshi kurashishni tavsiya qildi. “RBK”ning xabar berishicha, bu haqda u ICTV telekanalida namoyosh etilgan dastur efirida ma’lum qildi.

“Bizda inqiroz borligini bilasiz, ammo hech kim demografik inqirozni bekor qilmadi. Men bu inqirozga qarshi kurashish vaqti keldi, deb o‘ylayman”, — degan u.

Zelenskiy, shuningdek, vatandoshlariga karantin paytida yaqinlari bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish, kitob o‘qish va filmlar tomosha qilishni tavsiya qilgan.

“Biz uyda qolishimiz kerak — bu vaziyatdan chiqishning eng yaxshi yo‘li. Agar isitmangiz bo‘lsa, zudlik bilan shifokor chaqiring, biz yordam beramiz”, — deya so‘zlarini yakunlagan prezident.

Avvalroq Zelenskiy Oliy Radaga barcha barlar, savdo markazlari va sport zallarining ishlashini taqiqlashni taklif qilgan. Ushbu choralar 17-mart, seshanba kuni, yarim tundan kuchga kirdi. Shu bilan birga, restoran va kafelarga tayyor ovqatlarni uylarga yetkazib berish xizmatiga o‘tishga imkon beriladi. Shuningdek, virus tarqalishiga qarshi chora sifatida metroni 18-mart, chorshanba kuni, peshindan keyin yopib, shahar va tumanlar o‘rtasida temiryo‘l, avia va avtobus harakatini to‘xtatish taklif qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Ukrainada birinchi marta koronavirus bilan kasallanish holati 3-mart kuni aniqlangandi. 12-mart kuni Ukrainaning Jitomir viloyatida koronavirus infeksiyasi bilan kasalxonaga yotqizilgan 71 yoshli ayol vafot etdi. Kiyevda 12-martdan boshlab koronavirus bo‘yicha karantin joriy etildi, ommaviy tadbirlar taqiqlanadi va maktablar yopildi.

Ukraina Sog‘liqni saqlash vazirligining 13-martdagi ma’lumotlariga ko‘ra, Jitomir viloyatidagi holatdan tashqari mamlakatda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana ikkita holat aniqlangan, ularning ikkalasi ham Chernovsi viloyatida qayd etilgan. 2020-yil boshidan beri Ukraina Sog‘liqni saqlash markaziga COVID-19 da gumonlanib, 55 ta xabar kelib tushgan, ularning 49 tasi tasdiqlanmagan, uchtasi tekshirilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют