» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni yana bittaga ko‘paydi. 11-bemor Dubaydan kelgan

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni yana bittaga ko‘paydi. 11-bemor Dubaydan kelgan


O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar soni 11 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi rahbari Bahrom Almatov ma’lum qildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma’lum qilishlaricha, Dubaydan kelgan O‘zbekiston fuqarosida koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan. “Bemorlarning ahvoli hozircha qoniqarli”, — deyiladi vazirlik axborotida.

Fuqaro aynan qachon O‘zbekistonga kelgani, u bilan birga Dubay—Toshkent reysida necha kishi bo‘lgani haqida qo‘shimcha ma’lumotlar berilmagan.

Bungacha 11-mart kuni Fransiyadan (virus 15-mart kuni aniqlangan), 14-mart kuni Buyuk Britaniyadan, 15-mart kuni Turkiyadan qaytgan uch fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangani haqida xabar berilgan edi.

Bundan tashqari, Fransiyadan qaytgan fuqaroning o‘g‘li, qizi, turmush o‘rtog‘i, nevarasi va bir qarindoshida, Turkiyadan qaytgan fuqaroning rafiqasi va ular bilan bir reysda bo‘lgan bir fuqaroda ham kasallik aniqlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют