» » Namangandagi masjidlarda diniy marosimlar vaqtincha to‘xtatildi. Ular to‘liq dezinfeksiyadan o‘tkazilmoqda

Namangandagi masjidlarda diniy marosimlar vaqtincha to‘xtatildi. Ular to‘liq dezinfeksiyadan o‘tkazilmoqda


Namanganda 16-mart, dushanba kuni, asr namozidan so‘ng barcha masjidlarda karantin sababli diniy marosimlar o‘tkazish vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Viloyatda jami 187 ta masjid bo‘lib, hozirda ularni dezinfeksiya qilish tadbirlari boshlangan.

Namangan shahridagi “Maxdum eshon” jome masjidida viloyat hokimining o‘rinbosari Jamoliddin Aloydinov, O‘zbekiston musulmonlari idorasining viloyatdagi vakili Abdulhay Tursunov shahar imom-xatiblariga yuzaga kelgan vaziyatda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan tushuntirish berdi.

Viloyat sanitariya-epidemiologik nazorati markazi mutaxassislarining bu boradagi yo‘l-yo‘riqlari tinglandi.

— Namangandagi “Hidoya” o‘rta maxsus bilim yurtining 171 nafar talabasiga ham ta’til berildi. Ularning uchdan bir qismi boshqa viloyatlar, xususan, Farg‘ona, Andijon, Jizzax va Sirdaryodan kelib, tahsil olayotganlar edi. Barchalari manzillariga eson-omon yetib olganlari haqida bizga xabar berishdi. Dezinfeksiya va tozalov tadbirlari mazkur bilim yurtida ham o‘tkaziladi, — deydi Abdulhay Tursunov.

Ma’lumot uchun, Namangandagi masjidlar dezinfeksiya qilinishdan tashqari zarur tibbiy asbob-uskunalar, zararsizlantiruvchi vositalar va dori-darmonlar bilan ham to‘liq ta’minlanadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют