» » Dunyo bo‘ylab koronavirusdan vafot etganlar soni qariyb 8 mingga yetdi

Dunyo bo‘ylab koronavirusdan vafot etganlar soni qariyb 8 mingga yetdi


Xitoy sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirusni yuqtirganlar soni 80 881 nafarni tashkil etmoqda.

Butun dunyoda kasallanganlar soni esa 179 ming nafarga yetgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 16-mart, dushanba kuni, Xitoy tashqarisida 86 434 ta koronavirusni yuqtirish holati aniqlangan. Dunyo bo‘ylab o‘tgan sutka ichida virusni yuqtirish bilan bog‘liq 13 874 yangi holat qayd etilgan.

Xitoy tashqarisida koronavirusdan o‘lganlar soni 3388 nafarni tashkil etdi. Butun dunyoda ushbu kasallikdan 7721 kishi vafot etgan.

Mavzuga doir: JSST: Bir sutkada dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni salkam 14 mingtaga ko‘paydi

Ma’lumot uchun, 17-mart kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar soni 11 nafarga yetdi.

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq ilk holat 15-mart kuni tong soat 6:00 da tasdiqlangan edi. Birinchi bemor 11-mart kuni Fransiyadan qaytgan ayol bo‘ldi. Keyinchalik uning o‘g‘li, qizi, turmush o‘rtog‘i, nevarasi va yana bir qarindoshida ham koronavirus infeksiyasi aniqlangani ma’lum qilindi.

Bundan tashqari, 15-mart kuni tongda Istanbuldan uchib kelgan o‘zbekistonlik erkakda, shuningdek, 14-mart kuni tongda Londondan uchib kelgan O‘zbekiston fuqarosida ham koronavirus aniqlangan. Sog‘liqni saqlash vazirining ma’lum qilishicha, 16-mart holati bo‘yicha 5,6 mingdan ortiq odam karantinga olingan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют